Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Gulfstream G200 shaxsiy samolyoti Barselonadagi El Prat aeroportiga qo‘nish vaqtida avariyaga uchradi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, havo kemasiga jiddiy zarar yetgan. Avariya samolyot shassisi tegishli tartibda ishlamagani oqibatida yuz bergan.Samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilar hodisa natijasida jabrlanmagan. 31 yoshli portugaliyalik hujumchi esa bu vaqtda samolyot bortida bo‘lmagan.
Izoh (0)