“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” kompaniyasi valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Markaziy bankidan litsenziya oldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyatiga valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston respublika valyuta birjasi 1992 yil may oyida tashkil etilgan bo‘lib, faoliyatining maqsadi valyuta bozori, davlat qimmatli qog‘ozlari bozori va pul bozorida birja savdolarini tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlashdan iborat.
Izoh (0)