Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevroittifoqqa a’zo davlatlar Buyuk Britaniya ittifoqdan chiqqanidan so‘ng hamjamiyatni yanada rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish niyatida. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Berlin uchrashuvi arafasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Biz bugun Buyuk Britaniyadagi referendumdan so‘ng yana bir bor Yevroittifoqdagi vaziyatni muhokama etamiz. Bratislavadagi uchrashuvdan so‘ng tuzilmaga a’zo 27 davlat iqtisodiy rivojlanishdan fuqarolarimiz farovonligi va yangi ish o‘rinlarini yaratishda foydalanishga qaror qilganmiz. Bu borada ulkan rejalarimiz bor”, — deya ta’kidladi Merkel.

Berlin uchrashuvida Fransiya prezidenti Fransua Olland, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, qit’adagi yirik konsernlarning European Round Table of Industrialists (“Yevropa sanoatchilari davra stoli”) klubiga a’zo 20 nafar rahbari ishtirok etadi.

Ular Yevropa iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama etishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi