Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod va Rishton tumanlarida yangi bolalar musiqa va san’at maktablari foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Bag‘dod tumani Tongotar qishlog‘idagi 28-bolalar musiqa va san’at maktabi “Quvasoy ta’mirqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 3 milliard 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga jahon andozalari darajasida bunyod etildi. Maktabda barcha sharoit yaratilgan, o‘quv-mashg‘ulot xonalari zamonaviy tarzda jihozlangan. 150 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim maskanida yuzga yaqin o‘quvchi an’anaviy ijrochilik, estrada xonandaligi, o‘zbek xalq cholg‘ulari, zarbli va damli cholg‘ular, xor ijrochiligi, xoreografiya, tasviriy san’at yo‘nalishlarida saboq olmoqda.

Rishton tumani Uyrat qishlog‘idagi yangi bolalar musiqa va san’at maktabi ham yoshlar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi. O‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, notalar to‘plami hamda ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlangan ta’lim maskanida o‘quvchilarni har tomonlama bilimli va barkamol etib voyaga yetkazish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi