Sharqiy Xitoy sohillaridagi Futszyan viloyatiga “Megi” to‘foni yopirildi, tabiiy ofatning asosiy zarbasini Syuanchjou shahri qabul qildi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
To‘fonning epitsentrida shamol tezligi soatiga 118,8 kilometrga yetmoqda. Meteorologlar “Megi” to‘foni Xitoy janubidagi Guandun viloyatiga yopirilishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Avvalroq Tayvan oroli “Megi” to‘foni ostiga tushgani haqida xabar qilingandi. U yerda tabiiy ofat oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 329 nafari jabrlandi.
Izoh (0)