Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan chegarada “To‘qmoq-avtoyo‘l” (Chuy viloyati) nazorat-o‘tkazish punktini noma’lum muddatga yopdi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, mazkur nazorat-o‘tkazish punkti respublika bosh vaziri So‘ronbоy Jeenbekovning davlat chegaralari orqali o‘tuvchi shaxslarga qulay sharoitlar yaratish haqidagi qaroriga muvofiq rekonstruksiya qilish uchun yopilgan.
“‘To‘qmoq-avtoyo‘l’ nazorat-o‘tkazish punktida obyektlarni barpo etish boshlangan. Qurilish ishlarining yakunlanish sanasi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Qurilish davomida fuqarolar Qirg‘iziston—Qozog‘iston chegarasini Chuy viloyatida joylashgan “Kenbulun-avtoyo‘l”, “Akjo‘l-avtoyo‘l” va “Aktilek-avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)