Business Insider nashri Apple korporatsiyasining Isroildagi ofisi xodimi bilan suhbatlashib, kompaniya flagmanining keyingi versiyasi iPhone 8 deb yuritilishini aniqladi. Oraliq iPhone 7s avlodining o‘tkazib yuborilishiga sabab smartfon dizaynining keskin o‘zgartirilishidir, deb xabar bermoqda TJournal.
Nomi keltirilmagan manbaning so‘zlariga qaraganda, keyingi smartfon ilgarigi avlodlardan keskin farqlanib turadi.
Apple’ning Gersliyadagi ofisi nima bilan shug‘ullanishi haqida nashr suhbatdoshi hech narsa demadi, ammo uning hamkasblari yangi iPhone 8 ustida ishlayotganini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, nashr vakillarining fikriga ko‘ra, Isroil ofisi vakillari keyingi smartfon nima deb atalishini bilishi mumkin emas, negaki 2015-yili ochilgan mazkur ofis asosan chiplar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi ma’lum.
Izoh (0)