Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalga yo‘llanma olgan barcha jamoa nomiga oydinlik kiritildi.
Chorak finalning so‘nggi o‘yinida “D” guruhini 2-o‘rinda yakunlagan KXDR o‘smirlari “C” zonasida birinchi bo‘lgan Ummonga qarshi maydonga tushdi. Bellashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan o‘z yakuniga yetdi. Penaltilar seriyasida esa omad koreyalik futbolchilarga kulib boqdi — 4:2.
Shu tariqa kelasi yil Hindistonning o‘zida bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida Osiyo sharafini Yaponiya, Eron, Iroq va KXDR terma jamoalari himoya qiladigan bo‘ldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa chorak finalda Iroqdan yengilib, turnirni tark etdi.
Izoh (0)