ICE birjasida neft narxlari keskin tusha boshladi. Eron neft vaziri Bejan Zangonaning bayonotlari bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.
Vazir Jazoirdagi energetika forumiga neft qazib chiqarish hajmlarini qisqartirish bo‘yicha shartnoma imzolash uchun emas, balki maslahatlashuv va fikr almashish uchun kelganini ta’kidlab o‘tgan edi.
Ayni damda birjada Brent neftining noyabr fyucherslari narxi barreliga 46,39 dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan sotuvlardagi yakuniy ko‘rsatkichdan 2 foizga kamroqdir.
Dekabr fyucherslari narxi barreliga 47 dollardan pastga tushib ketdi.
Izoh (0)