27-sentabrga o‘tar kechasi 12 nafar afg‘onistonlik harbiy xizmatchi o‘ldirib ketildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ularni “Tolibon” guruhining maxfiy vakillari bo‘lgan xizmatdoshlari o‘ldirgani aytilmoqda.
Voqea Qunduz viloyatidagi qorovul postida sodir bo‘ldi. Qotilliklarni sodir etishda gumon qilinayotgan ikki harbiy xizmatchi qochib ketdi.
Afg‘oniston armiyasi saflarida “Tolibon”ning maxfiy vakillari borligi ilgari faollar tomonidan ko‘p bora aytilgan.
Izoh (0)