Shu yilning 23—25-sentabr kunlari Zagreb (Xorvatiya)da bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Suhrob Tursunov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollariga teng Gran-pri turnirida 31 davlatdan 229 sportchi ishtirok etdi.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini Muhammadlaziz Qayumov (-73 kg), Suhrob Tursunov (-73 kg) va Erbol Rustamov (-90 kg) himoya qildi.
Qayumov va Rustamov saralash bahslaridan o‘ta olmadi, Tursunov esa bronza medali uchun bahsda kosovolik Kil Gyakovni “ippon” bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, uchinchi o‘rinni egallaganlar 1000 AQSh dollari (800 dollar — dzyudochi, 200 dollar — murabbiy)ga ega bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)