O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon Chempionati—2018 yo‘lidagi raqibi Qatar bosh murabbiy Xose Daniel Karrenoni iste’foga chiqargani ma’lum qilingandi. “TASS” esa uning o‘rniga urugvaylik Xorxe Fossatining tayinlangani haqida xabar berdi.
63 yoshli Fossati bir vaqtning o‘zida Qatarning “Ar-Rayyan” klubi bosh murabbiyi ham hisoblanadi. Milliy terma jamoani qabul qilib olganidan so‘ng uning o‘z klubi bilan xayrlashishi borasida ma’lumot berilmagan.Fossati Qatar milliy terma jamoasida 2007—2008-yilgi mavsumda ham faoliyat olib borgandi. U o‘z karyerasi davomida Argentinaning “River Pleyt”, Braziliyaning “Internatsional” kabi klublarida ham ishlagan.
Izoh (0)