Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Las-Palmas”ga qarshi (2:2) La Liga 6-tur uchrashuvida zaxiraga olingani uchun bosh murabbiy Zinedin Zidanga norozilik bildirish bilan cheklanmadi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Ronaldu “Real” prezidenti Florentino Peresga fransiyalik mutaxassis ustidan shikoyat qilgan. Peresga portugaliyalik futbolchi g‘azablangani haqida ma’lum qilinganidan so‘ng, u Ronalduga SMS yo‘lladi.
Ammo “Qirollik klubi” prezidentining xabarnomasi 31 yoshli hujumchini tinchlantirolgani yo‘q. Ronaldu SMSga javoban quyidagi xabarni yubordi: “Yo‘q, bunday davom etishi mumkin emas, biz noto‘g‘ri yo‘ldamiz”.
Avvalroq Krishtianu Ronaldu “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinning 72-daqiqada zaxiraga olingani uchun norozilik bildirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)