Qrim prokurori, bir muddat ilgari Rossiya Davlat Dumasi deputatligiga saylangan Natalya Poklonskaya lavozimdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi. Bu haqda u “TASS” muxbiriga telefon orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Prokuraturadan ketish emas, egallab turgan lavozimimdan bo‘shash haqida ariza yozdim, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati etib saylanishim munosabati bilan. Ya’ni endi prokuror lavozimidagi faoliyatim vaqtinchalik to‘xtatiladi”, — ma’lum qildi Poklonskaya.
U deputatlik muxlati yakunlanganidan so‘ng prokuratura organlaridagi faoliyatini qaytadan boshlashi mumkinligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)