“Real Madrid” futbol klubining sobiq ustozi, ayni damda “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2015-yilning yozida “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres uning klubga qaytishini so‘ragani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Britaniyalik jurnalist Robert Bizlining Mourinyo faoliyati haqidagi kitobida Peres portugaliyalik mutaxassisdan go‘yoki uni “Real”ga qaytishini va jamoadan Serxio Ramos, Pepe va Marseloni ketkazishni so‘ragani haqida so‘z boradi.
Mourinyo ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroq ekanini hamda “Real Madrid” bilan ortga qaytish masalasini muhokama qilmaganini aytdi.
Izoh (0)