Angliya chempionatining “Suonsi”ga qarshi (3:1) 6-tur uchrashuvida sonining orqa qismidan jarohat olgan “Manchester Siti” futbol klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne 4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ushbu ma’lumotni Belgiyaning Het Laatste Nieuws gazetasi muxbiri Kristof Terye hamTwitter’dagi sahifasi orqali tasdiqladi.
Joriy mavsumda 25 yoshli belgiyalik futbolchi Angliya chempionatining 6 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)