Xitoyning sakkiz harbiy samolyoti Okinava va Miyako orollari orasida parvoz amalga oshirgani bois Yaponiya qiruvchilarini havoga ko‘tardi. Bu haqda, NHK telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Xitoy aviatsiyasi Okinava va Miyakoga yaqinlashdi, so‘ng Sharqiy Xitoy dengizi tomon uchdi. Yaponiya mudofaa vazirligi havo chegarasining buzilmaganini tan oldi.
Yaponiya samolyotlari uchuvchilari bergan guvohlikka ko‘ra, Xitoy aviatsiyasi ikkita H6 qiruvchisi, to‘rtta bombardimonchi hamda ikkita razvedkachi TU-154 va Y-8 samolyotlaridan iborat edi.
Yaponiya vakillari Xitoy samolyotlari bu zonada birinchi marta parvoz amalga oshirganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)