AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahri savdo markazida o‘qotar qurol bilan qurollangani taxmin qilinayotgan shaxs va politsiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik ijobiy yakun topdi. Bu haqda politsiya ofitseri Karlom Manfredi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, gumonlanuvchi huquq-tartibot xodimlariga qarshiliksiz taslim bo‘ldi.
“Gumonlanuvchi kelgusi oqibatlarsiz taslim bo‘ldi. Muzokara olib boruvchilar o‘z ishini yaxshi uddaladi”, — dedi Karlom Manfredi.
Voqeaning boshqa tafsilotlari haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)