Skotland Yard Kembridj gersoginyasi Keytning singlisi Pippa Middltonning suratlarini o‘g‘irlashda gumonlanuvchini hibsga oldi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
35 yoshli erkak Nortgemptonshir grafligida 24-sentabr, shanba kechasi hibsga olindi.
Gumonlanuvchi Pippa Middltonning suratlari saqlangan Apple iCloud bulutli servisini buzib kirgan; unda 3 mingga yaqin surat saqlangan. Ularda shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt bolalari — valiahd shahzoda Jorj va malika Sharlottaning suratlari bo‘lgan.
The Daily Mail’da yozilishicha, avvalroq anonim sotuvchi Britaniyaning The Sun va Daily Mail gazetalari bilan bog‘lanib, Pippa Middltonning iCloud’dagi uch mingta suratini taklif qilgan. U suratlarni hech kim sotib olishga rozi bo‘lmasa, ularni 48 soat ichida chop etish bilan tahdid qilgan.
Izoh (0)