• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston prezidenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi

    Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Moskva shahrida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida o‘tgan uchrashuvda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Bakitjan Sagintayev hamda mehmon sifatida MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.

    Kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston yetakchisi so‘zining avvalida Vladimir Putinni Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi. Yig‘ilishning barcha ishtirokchilarini Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi taʼsis etilganining o‘n yilligi bilan qutladi.

    O‘zbekiston yetakchisi bugungi sharoitda mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘sishi uchun sharoit yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘tgan oyda Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tgan “Innoprom” anʼanaviy xalqaro ko‘rgazmasi shunday hamkorlikka ijobiy misol sifatida qayd etildi.

    “Bugun ushbu forum O‘zbekistonning Rossiya va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi boshqa davlatlar bilan biznes muloqotini rivojlantirish uchun samarali platformaga aylandi”, — dedi prezident.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu maydonni kengaytirish, boshqa hamkor mamlakatlar, shu jumladan Kuba, Eron, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Mo‘g‘uliston, Vyetnam va Indoneziya kabi davlatlardan ham kompaniyalarni jalb qilish niyati bildirildi.

    O‘zbekistonning kuzatuvchi sifatida YII bilan hamkorligi haqida so‘z yuritar ekan, davlatimiz rahbari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, eng avvalo, sanoat mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytirish hisobidan  oshganini taʼkidladi. Shu bilan birga, o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish ulushi ortmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mingdan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar ishga tushirildi. Yuk tashish hajmi o‘smoqda, muntazam aviaqatnovlar soni ikki barobarga ko‘paydi.

    Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan birgalikda Yuqori darajadagi ishchi guruhning uchta yig‘ilishi o‘tkazildi, Qo‘shma rejadagi barcha tadbirlar to‘liq hajmda amalga oshirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, elektron tijorat, iqlim kun tartibiga oid loyiha va dasturlarga qo‘shildi.

    Davlat rahbari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakat amaliy hamkorlikni kengaytirib, YIIni rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar doirasidagi sohaviy sheriklikning ko‘p tomonlama loyihalarini amalga oshirishda yanada faol ishtirok etishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

    Bu borada O‘zbekiston hukumati va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarning yangi kompleks rejasini tayyorlash taklif qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Ishonamizki, kuzatuvchi davlatlarning loyihalarda to‘laqonli ishtirok etishi masalalarini tartibga soladigan mexanizmning tez fursatda qabul qilinishi ushbu hujjatning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi”, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    YII mamlakatlari bilan savdodagi to‘siq va cheklovlarni o‘zaro bartaraf etishga tayyorlik bildirildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston 2009-yildagi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalariga qo‘shilish jarayonini boshladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident taʼkidlaganidek, bojxona chegaralari orqali harakatlanayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni elektron almashish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati axborot tizimlarini integratsiya qilish, texnik tartibga solish choralarini birxillashtirish rejasini qabul qilish va elektron sertifikatlashtirish bu borada aniq amaliy qadamlar bo‘ladi.

    “Shimol-Janub” transport yo‘lagini Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga chiqadigan qilib rivojlantirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu maʼnoda, aprel oyi oxirida Termiz shahrida o‘tgan Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston multimodal yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha transport idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Tranzit tartibotlarini soddalashtirish maqsadida bugungi kunda joriy qilinayotgan YII bojxona tranziti yagona tizimi bilan raqamli hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish taklif etildi.

    Davlat rahbari sanoat kooperatsiyasi loyihalarini va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratdi.

    Bu borada alohida “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, unda mamlakatlarimiz hududlarida hamkorlikda tashkil etilayotgan sanoat zonalari va texnoparklarda yangi quvvatlarni joylashtirishni nazarda tutish taklif qilindi.

    “Bunday loyihalarga tadbirkorlarni keng jalb qilish masalalari shu yili Samarqandda o‘tadigan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va YII Ishbilarmonlar kengashining birinchi uchrashuvida ko‘rib chiqilishi mumkin”, – dedi prezident.

    Shuningdek, birlashma doirasidagi sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus mexanizm imkoniyatlaridan foydalanish niyati bildirildi.

    Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan quyidagi muhim yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi:

    • Yevrosiyo Agroekspressini rivojlantirish, “yashil” va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish;
    • iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yengib o‘tishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish va yaqindan hamkorlik qilish. Tegishli ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishlaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi;
    • mamlakatlarimizda mehnat migrantlari faoliyati uchun qulay sharoitlarni shakllantirish va ijtimoiy kafolatlar yaratish, shu jumladan raqamli platformalardan foydalanish orqali;
    • turizm almashinuvini tubdan oshirishga qaratilgan birgalikdagi turizm dasturlari va mahsulotlarini ishlab chiqish.
    08.05.2024, 23:50   Izoh (0)   4502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi (foto)

    08.05.2024, 13:43

    Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurdi

    08.05.2024, 16:26

    Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi

    08.05.2024, 23:20

    Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi

    08.05.2024, 22:45

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    08.05.2024, 22:30

    Qo‘shmachilik, OITS yuqtirishga urinish va farzandlar sog‘inchi. Panjara ortida jazo muddatini o‘tayotgan ayol nadomatlari (video)

    08.05.2024, 22:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Londonda 10 mln dollarlik Samsung telefonlari o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 5 avgust, 13:10

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Gollivud yulduzi Mark Ruffalo yana Xalk roliga qaytadi

    Kino | 5 avgust, 12:22

    Habib Nurmagomedov so‘nggi 100 yillikning eng buyuk sportchisi kim ekanini aytdi

    Sport | 5 avgust, 12:16

    Samarqandda 12 mln dollarga yangi avtovokzal ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.