Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko yangidan futbol ittifoqi prezidenti etib saylandi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ovoz berish elektron usulda, pultlar yordamida amalga oshirildi. Unda Mutko 65,2 foiz (266 kishi) ovoz to‘pladi.
“Sizlarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Asosiysi — futboldagi vaziyatni o‘nglash borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish. Bizda nomzodlarning takliflari asosida futbolning yaxshi strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga egamiz”, — ta’kidladi Mutko.
Izoh (0)