Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston termasi chorak finalga yo‘llanma oldi.
Dastlabki ikki turda Tailand va Yaman o‘smirlarini mag‘lub etgan o‘zbekistonliklar, hal qiluvchi 3-turda 6 ochkoga ega bo‘lib turgan KXDRni 3:1 hisobi bilan dog‘da qoldirdi.
Uchrashuvdagi barcha gol ikkinchi bo‘limda kiritildi. 75-daqiqaga kelib koreyalik futbolchilar yirik mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Temur Olimxo‘jayev boshchilik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chorak finalda “C” guruhida ikkinchi bo‘lgan Iroqni sinovdan o‘tkazadi. Mazkur bellashuv g‘olibi 2017-yil bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga yo‘llanma oladi.
Qayd etish kerak, “D” guruhi 3-turidan joy olgan ikkinchi o‘yinda Tailand va Yaman termalari murosa ko‘chasini tanladi — 1:1.
Osiyo Chempionati U16 “D” guruhi. 3-tur 23-sentabr, juma
KXDR — O‘zbekiston 1:3
Gollar: Jasurbek Umrzoqov, 49 (0:1). Rasul Yo‘ldoshev, 62 (0:2). Ibrohim G‘anixonov, 68 (0:3). Ri Kang Guk, 75 (1:3).O‘zbekiston U-16: Jasurbek Umrzoqov, Shohzamon Xayrullayev, Muhammadali Namozov, Oston O‘runov, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Ibrohim G‘anixonov, Shuhrat Ne’matov (Rasul Yo‘ldoshev, 62), Islom Karimov, Abdulhay Ismoilov, Abdug‘ani Kamolov, Burxon Hasanov (Doniyor Abdumannopov, 62).
Izoh (0)