Twitter mikrobloglar servisi potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular orasida Google hamda CRM-tizimlar ishlab chiqaruvchi Salesforce kompaniyasi bor, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Yaqin orada Twitter kelishuv yuzasidan rasmiy taklif olishi kutilmoqda.
Kompaniya boshqa tuzilma tarkibiga qo‘shib olinishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalganidan so‘ng uning aksiyalari qiymati 15 foizga o‘sdi. CNBC telekanaliga ko‘ra, Twitter boshqaruvi kompaniyani sotishga katta qiziqish ko‘rsatmoqda, lekin hozircha bu reja amalga oshish-oshmasligi so‘roq ostida.
Xaridorlar servisning media resursiga hamda uning auditoriyasiga qiziqmoqda.
O‘z vaqtida tarqalish ko‘lami bo‘yicha Twitter Facebook’dan keyingi o‘rinda turuvchi ijtimoiy tarmoq edi, lekin keyinchalik Facebook’ning boshqa dasturlari, shu jumladan, Instagram, Messenger va WhatsApp undan o‘zib ketdi.
Izoh (0)