Turkiyaning Kilis shahri markazida raketa portladi
Turkiyaning Suriya bilan chegarasida joylashgan Kilis shahri markaziga raketa tushdi. Bu haqda, CNN Turk telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aniqlashtirilishicha, raketa bozorga yaqin hududda joylashgan kiyim-kechak do‘koniga tushgan.
Qurbonlar borligi aytilmoqda. HaberTurk nashrining bildirishicha, uch kishi jabrlangan.
Shuningdek, shahar meri portlash oqibatida olti kishi jarohat olganini, shulardan besh nafari bolalar ekanligini aytdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar