Savdo-sotiq va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi (YuNKTAD) o‘zining yillik hisobotida 2016-yilda jahon iqtisodiyoti haligacha zaif ahvolda ekanligini tan oldi. Bu haqda “RBK” yozmoqda.
Joriy yilda, tashkilot prognozlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining o‘sishi 2012-yildan buyon birinchi marta 2,3 foizga tushib ketadi — 2014 va 2015-yillarda bu ko‘rsatkich 2,5 foizga teng edi. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi moliyaviy va iqtisodiy beqarorlik jiddiy tahdid tug‘dirmoqda, deyiladi hisobotda.
YuNKTADning iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktori Richard Kozul-Rayt rivojlangan iqtisodiyotlarda foiz stavkalari o‘sa boshlasa, jahon iqtisodiyotining keyingi bosqichlarini rivojlanayotgan bozorlardan kutish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Birinchi va ikkinchi bosqich sifatida 2008–2009-yilgi moliyaviy inqiroz hamda 2011–2012-yilgi Yevrozonadagi qarz inqirozi ko‘riladi.
Izoh (0)