Isroilning Turkiyadagi elchixonasiga hujum uyushtirgan shaxs ruhiy xasta ekanligi ma’lum qilindi
Isroilning Anqaradagi elchixonasiga hujum uyushtirgan shaxs ruhan xast edi. Bu haqda Anqara gubernatorining saytida chop etilgan bayonotda aytildi, deb xabar beradi “RBK”.
Bundan tashqari, hujum uyushtirgan jinoyatchi hech qanday tashkilotlar bilan bog‘liq emasligi aniqlandi.
Shuningdek, jinoyatchining shaxsi tasdiqlandi. Bu Ko‘nyo shahrida istiqomat qiluvchi 39 yoshli Usmon Nuri Chalishqa bo‘lib chiqdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar