Turkiya prokuraturasi muxolif siyosatchi va diniy rahnamo Fathulloh Gulen bilan aloqalarda gumonlanayotgan 141 kishini hibsga olish uchun ruxsatnomalar taqdim etdi. Bu haqda, Cumhuriyet nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, hibsga olish bo‘yicha operatsiya 20-sentabr kuni ertalabki soatlarda mamlakatning 15 viloyatida boshlandi.
Gumondorlarning asosiy qismi o‘qituvchilar va shifokorlar ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)