Liviya sharqidagi Tobruk shahri hududida 20-sentabr, seshanba kuni harbiy vertolyotning qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, havo kemasi bortida yetti kishi bo‘lgan, ularning ikki nafari tirik qolgan. Vertolyot Ras-Lanufdan Tobruk shahriga yo‘l olgan edi va harbiy bazaga yaqin joyda halokatga uchradi.
Qurbonlar orasida yuqori martabali liviyalik zobit, Liviya Qurolli kuchlari qo‘mondoni Bosh boshqarmasi boshlig‘i — polkovnik Idris Yunus Drissi, uning o‘g‘li va rafiqasi hamda ularni kuzatib ketayotgan ikki kishi bo‘lgan.
Vertolyotning halokatga uchrashi sabablari aniqlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)