Kalkutta aeroportida 20-sentabr, seshanba kuni Air India aviakompaniyasi samolyotiga chiqish bortga portlovchi qurilma joylashtirilganligi haqidagi xabardan so‘ng to‘xtatildi. Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Qo‘ng‘iroq rejalashtirilgan parvozdan 50 daqiqa avval, mahalliy vaqt bo‘yicha 8:20 da ayol kishi tomonidan amalga oshirilgan. Voqea joyiga maxsus xizmat xodimlari yetib keldi, ular portlovchi qurilmani qidirmoqda.
Telekanalning ma’lum qilishicha, reysga 114 nafar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)