Britaniyalik marhum baronning qizi Filippin poytaxti Manilada o‘ldirib ketildi. Bu haqda, politsiya ma’lumotiga tayanib “Interfaks” xabar bermoqda.
Mariya Avrora Moynixanning jasadi ko‘chadan, “Mashhurlar uchun giyohvand vositalar sotuvchi, navbat seniki!” so‘zlari yozilgan taxtacha bilan birga topilgan.
Mahalliy ma’muriyat vakillarining ta’kidlashicha, jasadning yonidan metamfetamin bo‘lgan paket ham topilgan.
45 yoshli ayol giyohvand vositalarga qarshi 2013-yilgi reyddan so‘ng hibsga olingan, keyinroq garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi.
Ma’lumot uchun, baron Entoni Moynixan Filippinda giyohvand vositalar kontrabandasi, firibgarlar bilan aloqadorligi bilan mashhur bo‘lgan.
Izoh (0)