Xitoy sharqidagi Szyansu viloyatida joylashgan Usi shahrida turar-joyda tabiiy gazning portlashi oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Xitoy markaziy televideniyesining 19-sentabr, dushanba kuni ma’lum qilishicha, yana olti kishi jabrlandi, deb yozadi “TASS”.
Portlash 19-sentabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 04:50 da yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash gazning sizib chiqishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Voqea joyida qutqaruv ishlari yakunlangan. Barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan.
Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)