XV yozgi Paralimpiada o‘yinlariga Rio-de-Janeyroda rasman yakun yasaldi. “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tgan har to‘rt yillikning eng yirik sport festivallaridan biri estafetani 2020 yilgi Olimpiada mezboni bo‘lgan Yaponiyaning Tokio shahriga topshirdi.
Rio Paralimpiadasida O‘zbekiston sharafini 32 nafar sportchi himoya qilgan bo‘lsa, delegatsiya 31 ta medal bilan tarixiy natija qayd etdi.
Qayd etish kerak, Braziliya so‘nggi to‘rt yilda to‘rtta yirik sport turniriga mezbonlik qildi. 2013-yil futbol bo‘yicha Konfederatsiyalar Kubogini qabul qilgan mamlakat, oradan bir yil o‘tib Jahon Chempionati ishtirokchilarini o‘zida qabul qildi.
2016-yilga kelib esa Braziliya Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan dunyoning eng kuchli sportchilari yana 4 yildan keyin Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada sari harakatni boshlaydigan bo‘ldi.
Izoh (0)