Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 5-turning 17-sentabr sanasidan joy olgan o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Lester” unda yirik g‘alabaga ega chiqdi. “Byornli”ga qarshi bellashuvda jazoirlik futbolchi Islam Slimani qahramonlik ko‘rsatib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Chempionlar Ligasini Xosep Gvardiola boshqaruvida yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshlagan “Manchester Siti”, APLning yangi mavsumida ikkinchi yirik g‘alabasini tantana qildi. “Shaharliklar” bu safar “Bornmut” klubiga imkoniyat qoldirmadi.
Kunning eng qiziqarli o‘yinida “Arsenal” safardan yirik g‘alaba bilan qaytdi. Bellashuvda Aleksis Sanches penaltidan gol ura olmaganiga qaramay, o‘yin qahramoniga aylandi. Shuningdek, “Xall Siti” futbolchisi maydondan chetlatildi.
Ronald Kuman bilan shartnoma imzolangach, mavsumning dastlabki to‘rt turida mag‘lubiyat nima ekanini bilmagan “Everton”, endi to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Angliya Premyer-Ligasi 5-tur bellashuvlari 17-sentabr, shanba
Izoh (0)