Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMT Xavfsizlik kengashining Rossiya va AQShning Suriya bo‘yicha kelishuvi muhokama qilinishi rejalashtirilgan maslahatlashuvlari bekor qilindi. Bu haqda BMT matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Dastlab uchrashuv 16-sentabr, juma kuni 17:30 da yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Uchrashuv davomida Rossiya va AQSh 9-sentabr kuni Jenevada Suriya masalasi bo‘yicha erishilgan kelishuv haqida so‘zlab berishi rejalashtirilgan edi.

Bundan tashqari, Rossiya tomoni avvalroq Suriya bo‘yicha kelishuv BMT Xavfsizlik kengashining tegishli rezolyutsiyasi bilan mustahkamlanishi haqida fikr bildirgan edi.

Shunga qaramasdan, kuni kecha Rossiya va AQSh Suriya bo‘yicha kelishuvni chop etish zarur yoki shart emasligi haqidagi qarashlari turlicha ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi