AQShlik taniqli dramaturg, “Toni” mukofotining bir necha bor laureati hamda Pulitser sovrini egasi Edvard Olbi Nyu-Yorkdagi uyida 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Olbiga “Virjiniya Vulfdan kim qo‘rqadi?”, “O‘zgaruvchan muvozanat”, “Dengiz manzarasi” kabi pyesalar mashhurlikni olib keldi.
Edvard Olbi XX asr boshida tashkil topgan “bema’nilik teatri”ning Sharqiy Yevropa dramaturgiyasi yo‘nalishidagi yorqin vakillaridan biri bo‘lgan edi.
Izoh (0)