Yaponiya hukumati AQShning Apple kompaniyasini daromad ko‘rsatkichlarini buzib taqdim etgani bois 18 milliard iyena (118 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Oxirgi paytlarda Apple Yevropada soliq va daromad bilan bog‘liq ko‘plab sud eshituvlari va janjallarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, yaqinda AQShning 185 eng yirik kompaniyasi Apple’ni Yevropa Ittifoqi bilan bahsda qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya Irlandiyaga 13 milliard yevro jarima to‘lashi lozimligi belgilandi. Shu munosabat bilan AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlarini birlashtiruvchi Business Roundtable uyushmasi 28 Yevropa davlati rahbarlariga tegishli mazmundagi maktublarni yo‘lladi.
O‘z navbatida, Irlandiya hukumati ham Yevroittifoq qarorini shubha ostiga olishga hozirlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)