Sichuan universitetida muallimlik qiluvchi Vey Syaoyun talabalarning kayfiyatini aniqlash uchun yuzni tanish texnologiyasidan foydalanadi, deb xabar bermoqda Meduza.
O‘qituvchi har bir talaba uchun shakli “baxtiyor”dan “befarq”gacha o‘zgarib grafik chizuvchi alohida dastur yozib chiqqan.
Syaoyun shu yo‘l bilan tinglovchilar qachon zerikayotganini aniqlaydi. Biroq u bu axborotdan talabalarni jazolash uchun emas, balki ta’lim jarayonini yaxshilash uchun foydalanadi: grafik yordamida ma’ruzaning aynan qaysi qismlari qiziqarli chiqqanini ko‘rish mumkin.
Vey Syaoyun yuzni tanish texnologiyasidan foydalana boshlaganiga besh yilcha bo‘lib qoldi — u dastlab bu texnologiyani davomatni tekshirish uchun ishlatgan. O‘qituvchi ko‘pincha darsga kelgan-kelmaganlarni tekshirishni esdan chiqarib qo‘ygani uchun, bu ishning zerikarli bo‘lmagan va vaqt olmaydigan yo‘lini ishlab chiqqan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)