Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)ning Ijroiya qo‘mitasi Teodor Teodoridisni tashkilotning bosh kotibi etib tayinladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Damyen Neven va Rik Perri 2020-yilga qadar UEFAning klublar moliyaviy nazorati bo‘yicha Surishtiruv palatasi a’zolari etib tayinlandi.
Damyen Neven Yevropa komissiyasining raqobat bo‘yicha bosh direktorati sobiq bosh iqtisodchisi. Rik Perri esa “Liverpul” klubining sobiq ijrochi direktori.
Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr, chorshanba kuni Afinadagi navbatdan tashqari kongressda Sloveniya futbol ittifoqi rahbari Aleksander Cheferin UEFA prezidenti etib saylandi.
Izoh (0)