Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa kosmik agentligi Somon yo‘li va qo‘shni galaktikalarning hozircha eng batafsil xaritasini e’lon qildi. Surat Gaia sun’iy yo‘ldoshi tomonidan 1000 kun davomida olingan fotosuratlar yordamida hosil qilingan, deya xabar bermoqda Meduza.

Surat markazida Somon yo‘lining galaktik tekisligi joylashgan bo‘lib, aksariyat yulduzlar shu yerda jamlangan. Oq rang qayerda yorqinroq bo‘lsa — o‘sha yerda yulduzlar ham ko‘proq. Yulduzlar uyumi o‘rtasidagi qora rang — yulduzlararo chang.

Pastdan o‘ngda Magellan bulutlari — Somon yo‘lining atrofida aylanuchi ikki galaktika ko‘rsatilgan. Chapda esa Somon yo‘liga eng yaqin katta galaktika — Andromedani ko‘rish mumkin.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Xaritaning juda katta o‘lchamda bu yerdan yuklab olish mumkin.

Gaia sun’iy yo‘ldoshi 2013-yilda uchirilgan. Sun’iy yo‘ldoshning vazifasi Somon yo‘lidagi yulduzlarning batafsil xaritasini tuzish, shuningdek, ekzosayyoralarni aniqlash hisoblanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi