O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning sog‘lig‘ini tiklash maqsadida AQShga uchib ketgani haqida shoir Muhammad Ismoil Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Youtube

Foto: Youtube

“Elimizning ardoqli va atoqli shoiri, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi, buyuk ustoz Abdulla Oripov sog‘lig‘ini tiklash va yanada mustahkamlash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga uchib ketdilar va bugungi kunda muolaja olmoqdalar”, — deb yozdi Muhammad Ismoil.