Rimda Italiyaning sobiq prezidenti Karlo Champi 95 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Italiyaning amaldagi bosh vaziri Matteo Rensi siyosatchining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. U Champi umr bo‘yi yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilganini ta’kidlab o‘tdi.
Faoliyatining katta qismini Champi Italiya bankida o‘tkazdi — u bankka 1946-yilda kelgandi. U bankni 14 yil mobaynida boshqardi.
1993–1994-yillarda Champi hukumat rahbari, 1996–1999-yillarda moliya vaziri, 1999–2006-yillarda esa prezident bo‘ldi.
U Yevropaning yagona valyutasi — yevro asoschilaridan biri hisoblanadi.