Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M. Abdusalomov olib bordi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Publika.uz”

Foto: “Publika.uz”

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi asosida puxta hozirlik ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 9 va 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzildi.

Saylov okruglari ro‘yxati saylovchilar soni hamda okrug saylov komissiyalari qayerda joylashganligi ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi