Italiyaning markaziy qismida 4,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi axborotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yer silkinishi epitsentri Rimdan 118 kilometr shimoli-sharqda, 25-avgust kungi zilzilada vayron bo‘lgan Askoli-Picheno shahridan 32 kilometr g‘arbda joylashgan. Uning o‘chog‘i yer ostidan 10 kilometr chuqurlikdan o‘tadi.
Qurbonlar va vayronaliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)