Yevropa Futbol Ittifoqi prezidenti Mishel Platinining o‘rnida endilikda Aleksandr Cheferin faoliyat olib boradi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Cheferin bunga qadar Sloveniya Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelgandi. Ovoz berish yakuniga ko‘ra u Gollandiya Futbol Ittifoqi prezidenti Mixael van Pragni ortda qoldirdi.
UEFA tasarrufiga kiruvchi 55 mamlakat vakillaridan 42 nafari Aleksandr Cheferin nomzodini ilgari surgani qayd etilgan.
Cheferin 1967-yilning 13-oktabr sanasida Sloveniyada tavallud topgan.
Izoh (0)