AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod Donald Tramp o‘z raqibi, Demokratlar vakilasi Hillari Klintondan saylovchilar orasidagi mashhurlik bo‘yicha 5 foiz punktiga o‘zib ketmoqda. Bu haqda, The Los Angeles Times gazetasi chop etgan umummilliy so‘rov natijalariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Respondentlarning 47 foizi Trampni, 42 foizi esa Klinton xonimni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bloomberg tomonidan Ogayo shtatida o‘tkazilgan so‘rovnoma ham Trampning ustunligini ko‘rsatdi — u 48 foiz ovoz to‘pladi, Klintonda esa bu ko‘rsatkich 43 foizga teng bo‘ldi.
Izoh (0)