AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni “Yulduzlar jangi” kinofranshizasining salbiy qahramoni Dart Veyderga qiyosladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shu yilning marta oyida Tereza Mey bosh vazir etib tayinlanishidan oldin Britaniya maxsus xizmatlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasini taklif qilgan edi. Iyun oyida jamoat palatasi ma’qullagan loyiha lordlar palatasi muhokamasiga yuborildi.
Guardian’ga bergan intervyusida Snouden Mey xonimni “O‘ziga xos Dart Veyder”, u taklif qilgan qonun loyihasini esa “G‘arb dunyosida taklif qilingan boshqa har qanday qonunlardan ko‘ra ko‘proq inson huquqlarini buzuvchi” hujjat deb atadi.
Izoh (0)