Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat hududi ustidan to‘liq hajmdagi nazoratni tiklash niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
“Suriya davlati barcha hududlar bo‘yicha nazoratni terrorchilardan qaytarib olish va xavfsizlikni tiklashni qat’iy maqsad qilgan”, — dedi Suriya prezidenti.
“Qurolli kuchlar ichki va tashqi vaziyatlardan qat’i nazar, tanaffuslarsiz o‘z ishini bajarishda davom etmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Asad. Prezident aynan qaysi guruhlarga qarshi jangovar harakatlarni davom ettirmoqchi ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Avvalroq Suriya hukumati mamlakat hududida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi AQSh va Rossiya o‘rtasida erishilgan bitimni ma’qullaganligi ma’lum qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)