Venesuela prezidenti mamlakatdagi non yetishmovchiligi va do‘konlarda hosil bo‘layotgan navbatlarni bartaraf qilish yo‘lini topdi. Mamlakatda iqtisodiy va oziq-ovqat inqirozi hukm surayotgan bir paytda Nikolas Maduro 1100 dan ortiq novvoyxonada tekshiruvlar o‘tkazib, oldida katta navbat hosil bo‘layotgan muassasalarni jarimaga tortish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar qilmoqda.
Mamlakat rasmiylarining fikricha, ayrim novvoyxonalar ataylab kam non pishirmoqda, bu esa navbatlar hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. Shu bois bunday novvoyxonalar endilikda jarimaga tortiladi.
Tekshiruvda mingdan ortiq politsiyachi, harbiy va UnaMujer ayollar sotsialistik ittifoqi faollari qatnashadi.
Karakasdagi novvoyxonalardan birining egasi Ana Kalderas hukumatning bu tashabbusiga quyidagicha fikr bildirdi:
“Bu dahshat. Sotmayotganimiz uchun jarimaga tortilar ekanmiz. Qaysi savdogar sotishni istamaydi? Sotmayotgan ekanmiz, demak, sotadigan narsaning o‘zi yo‘q”.
Izoh (0)