AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod Donald Tramp raqibi, pnevmoniya tufayli saylovoldi kampaniyasini vaqtinchalik to‘xtatgan Hillari Klintonga tezroq tuzalib ketishni tiladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Milliarder saylovoldi debatlarida Klinton bilan uchrashishiga umid bildirdi.
“Yo‘tal bir hafta oldin ham bor edi, shu bois o‘sha paytdayoq pnevmoniya bo‘lganidan gumonim bor. U tuzalib ketishiga, poygaga qaytishiga va biz saylovoldi debatlarida uchrashishimizga umid qilaman”, — dedi u.
Bundan tashqari, Tramp yaqinda tibbiy ko‘rikdan o‘tganini ma’lum qilib, uning natijalarini chop etishga va’da berdi.
Ilgariroq Tramp o‘z shtabiga Klintonning kasalligi mavzusidan foydalanmaslikka ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)