Shimoliy Koreya istalgan vaqtda yangi yadro sinovi o‘tkazishga qodir. Bu haqda Janubiy Koreya razvedka xizmati mansabdori “Ryonxap” agentligiga ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “RBK”.
“Shimoliy Koreya o‘z poligonida qisqa muddat ichida yadro sinovi o‘tkazishga to‘liq tayyor. Biz yana bir sinovdan dalolat beruvchi har bir harakatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz”, — deydi agentlik suhbatdoshi.
Poligonda yadro sinovlari o‘tkazish uchun qo‘llanuvchi jami uchta tunnel mavjud. KXDR 2006-yilda birinchi tunnel, 2009, 2013-yil va joriy yilda ikkinchi tunneldan foydalangan. Biroq yadro sinovlari o‘tkazish uchun sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramasdan, uchinchi tunneldan biror marta ham foydalanilmagan.
Shimoliy Koreya 9-sentabrga o‘tar kechasi beshinchi yadro sinovini amalga oshirgan edi.
Izoh (0)